AQShlik Asha Mandela 47 yoshda. Uning sochlari mahsus usulda o`rilgan. Shrilgan sochlarining umumiy uzunligi 16,7 metrni tashkil etadi.
2009 yili u Ginnesning rekordlari kitobiga dunyodagi eng uzun o`rama sochlar egasi sifatida kiritilgan. Sochning umumiy og`irligi 19 kilogrammni tashkil etadi. Aytib o`tish lozimki, Asha sochini yuvishga bir kundan ortiq vaqtini sarf etadi.
Ko`chaga chiqish oldidan esa ularni turmaklab, mahsus sling xaltacha uslubida taqimlar bilan mahkamlaydi.
Ashaning bel qismidagi og`riqlar sababli, shifokorlar unga sochlaridan voz kechishi lozimligini takror takror aytishadi, biroq u har safar rad javobini beradi. U ana shusochlari orqali pul ishlab topadi.
Qanday qilib, deysizmi? Turli reklama roliklarida suratgatushish orqali!





