AsosiyJinoyat

Farg`onada 64 yoshli odamni urib ketgan haydovchi qochib qoldi. Piyoda voqea joyida vafot etgan

'Farg`onada 64 yoshli odamni urib ketgan haydovchi qochib qoldi. Piyoda voqea joyida vafot etgan'ning rasmi

2019 yil 24 dekabr kuni soat 19:00 larda, Farg`ona viloyati Beshariq tumani hududidan o`tgan 4K-896 “Beshariq-Chorvoqturkacha-Baliqchi” avtomobil yo`lining 4-km.da noma`lum haydovchi noma`lum transport vositasi bilan yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tayotgan piyoda Beshariq tumanida yashagan, 1955 yilda tug`ilgan M.M.ni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada, piyoda M.M. voqea joyida halok bo`lgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini haydovchi Beshariq tumanida yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan M.A. o`z boshqaruvidagi “Vaz-21051” rusumli avtomobilida sodir etgani aniqlanib, aybdor shu kunning o`zidayoq qo`lga olingan, deya xabar berdi IIV YHXBB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar