AsosiyDunyo

Eng baland teleminora: “Tokioning osmono`par daraxti”

“Ginness rekordlar kitobi” ekspertlari tomonidan dunyodagi eng baland deb tan olingan teleminoraning balandligi 634 m teng. Ushbu teleminora Tokiodagi ikkinchi minora bo`lib, Tokyo Sky Tree (“Tokioning osmono`par daraxti”) deb nom oldi.

Minoraning qurilish ishlari 4 yil davom etgan. Yangi teleminoraning qurilishi Tokioning raqamli uzatishga o`tish ehtiyoji bilan bog`liq. Har haftada quruvchilar tomonidan minoraning har 10 metri qurib borilgan.

Eng baland teleminora qurilishiga 470 mln. AQSh dollar sarflangan. Minora uchun asosiy xom ashyo sifatida esa maxsus po`latdan foydalanilgan va 40 ming tonna po`lat ishlatilgan.

Ayni damda Tokyo Skytree teleminorasida 5 ta xususiy va bitta davlat telekanallari efirga uzatiladi.

Eng baland teleminora dunyodagi eng baland Burj Xalifa minorasidan keyingi o`rinda turadi. 

    Boshqa yangiliklar