AsosiyJinoyat

Farg`onadagi bekatda navbat talashib bo`lgan haydovchilar janjali birining o`limiga olib keldi

'Farg`onadagi bekatda navbat talashib bo`lgan haydovchilar janjali birining o`limiga olib keldi'ning rasmi

Avtoshoxbekatdagi janjal natijasida fuqaro kasalxonada vafot etgani haqida xabar berdi Quva tumani IIB huzuridagi Tergov departamenti. 

Keltirilishicha, 2019 yil 20 dekabr kuni soat 08-00larda fuqaro U.M Quva tumani markazida joylashgan avtoshohbekatda o`ziga tegishli bo`lgan “Damas” rusumli avtomashinada Farg`ona shahriga yo`lovchi olayotgan vaqtida tanishi Yu.I navbatsiz yo`lovchi olayotganligini ko`rib, u bilan o`zaro janjallashib ketib, janjal vaqtida uni yuz-jag` qismiga qo`li bilan urib yuborgan. Natijada fuqaro Yu.I asfalt erga boshi bilan yiqilib, tan jarohati olib, Quva tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli bo`lgan ShTYoB jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.  

Mazkur holat bo`yichaU.Mga nisbatan JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro 

Yu.I2019 yil 23 dekabr kuni shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishi O`zbekiston Respublikasi JKning 104-modasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalandi. 

    Boshqa yangiliklar