Joriy yilning 3 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining kotibi etib Suyarjon Qurbonqulov tayinlandi. Bu haqda uz24.uz nashri elections.uz ma`lumotlariga tayanib xabar beradi.
Ma`lumot uchun. Suyarjon Qurbonqulov 1960 yilda tug`ilgan, oliy ma`lumotli,Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist. O`zbekiston nogironlar jamiyati raisi lavozimida ishlagan. 2014 yilda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a`zosi etib saylangan.





