2019 yil 21 dekabr kuni soat 17:30 larda, Toshkent shahar Shayxontohur tumani Jarariq ko`chasida, haydovchi Shayxontohur tumanida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan K.D. mast holda, tegishli hujjatlarsiz “Mersedes-Bens” rusumli avtomobilini boshqargan.
Natijada yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tayotgan piyoda, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan X.S.ni urib yuborgan. Natijada, piyoda X.S. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
“Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi yuqoridagi holatni inobatga olgan holda, barcha piyodalarni yo`llarda harakatlanishda hushyor bo`lishga, “Yo`l harakati qoidalari”ga, harakatlanish xavfsizligi talablariga qat`iy amal qilishga chaqiradi. Unutmang, transport vositasini birdaniga to`xtatib bo`lmaydi. Bir soniyalik shoshma-shosharlik bir umrlik afsusga sababchi bo`lib qolmasin”, deya ogohlantirmoqda IIV.






