Avvalroq mashhur repper Shoxruh deputatlikka o`z nomzodini qo`ygani haqida xabar bergandik. U xalq deputati etib saylandi va bu haqda o`zining quyidagi fikrlarini yozib qoldirdi.
“Aziz hamyurtlar! Mana sizlarning ovozlaringiz bilan Toshkent shahar, Chilonzor tumani kengashiga Xalq deputati bo`lib saylandim! (Oliy Majlisga emas, tuman kengashi Xalq deputati bilan Oliy Majlis deputatini vazifalari va farqlarini keyingi postlarda tushuntirib o`taman). Mendan balandparvoz gaplar kutmang, mening fikrimcha, har bir deputat saylangan hududida bor muammolar bilan maksimal ishlash kerak, xalq esa baho beradi. Barchangizdan minnatdorman! Ishonchingiz uchun rahmat!”
Tahririyatimiz nomidan uni g`alaba bilan muborakbod etamiz hamda xalq koriga yaraydigan deputat bo`lishiga umid bildiramiz.






