Yangi yil bayramini tashkil etish munosabati bilan 2019 yil 23 dekabridan 2020 yil 10 yanvarigacha shahrimizdagi ayrim ko`chalar qisman yopiladi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ushbu cheklovlar quyidagi ko`chalarni o`z ichiga oladi:
- Buyuk Turon ko`chasining Alisher Navoiy shoh ko`chasidan Matbuotchilar ko`chasigacha bo`lgan qismi;
- Mustaqillik shoh ko`chasining Alisher Navoiy shoh ko`chasidan Matbuotchilar ko`chasigacha bo`lgan qismi;
- Istiqlol ko`chasining Amir Temur shoh ko`chasidan Buyuk Turon ko`chasigacha bo`lgan qismi;
- Zarafshon ko`chasining Mustaqillik shoh ko`chasidan Istiqlol ko`chasigacha bo`lgan qismi.
Hokimlik etkazilgan noqulayliklar uzr so`ragan.






