AsosiyJamiyat

Olot chegarasidan kirib kelayotgan 8,6 tonna kivi to`xtatib qolindi

'Olot chegarasidan kirib kelayotgan  8,6 tonna kivi to`xtatib qolindi'ning rasmi

Bojxona to`lovlaridan bo`yin tovlash maqsadida amaldagi tartib-qoidalarni chetlab o`tishga uringan shaxslar bojxona organlari tomonidan o`z vaqtida fosh etilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti orqali qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqarolar B.Yu, Sh.J, K.Z., va S.D boshqaruvidagi yuk avtomashinalari belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu avtoulovlar yukxonalarida yo`l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha bo`lgan, umumiy qiymati 130,3 million so`mlik 8,6 tonna kivi mevalari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar