AsosiyDunyo

Rossiyaliklarning pasportiga “millat” to`g`risidagi bandning kiritilishi taklif qilinmoqda

Rossiya Davlat Dumasida rossiyaliklarning o`z pasportlarida o`z millatlarini ko`rsatish huquqini qonun bilan mustahkamlab qo`yilishi taklif qilindi, deb xabar berdi “Rossiyskaya gazeta” nashri ma`lumotlariga tayanib, kun.uz. Senator Janna Ivanova tegishli qonun loyihasini parlamentning quyi palatasiga kiritdi.

Hozirgi paytda Rossiya Federasiyasi fuqarosi pasportida shaxsning qaysi millatga tegishligi haqidagi yozuv qo`yilmaydi. “Rossiya Federasiyasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar to`g`risida”gi federal qonunning hanuzgacha qabul qilinmagani bunga asosiy sabablardan biri sifatida ko`rsatilmoqda. Shuning uchun bu bo`shliqni yangi qonun loyihasi bilan bartaraf etish taklif qilingan.

Senatorning fikriga ko`ra, qonunchilikda yangi me`yorning paydo bo`lishi Rossiyaning ko`p millatli aholisi orasida har qaysi millat o`ziga xosligini saqlab qolishga hamda bir vaqtning o`zida mamlakatdagi millatlararo munosabatlarning uyg`unlashishiga va xalqning bir butun bo`lib jipslashishiga ko`mak beradi.

Oxirgi o`tkazilgan aholini ro`yxatga olish natijalariga ko`ra, ruslar Rossiyadagi eng ko`p sonli millatni tashkil qilgan (100 mln kishi). Shuningdek, Rossiyada 5,31 milliondan ziyodroq qrim-tatarlar, 2 millionga yaqin ukrainaliklar, 1,5 millionga yaqin boshqird-tatarlar, 1,4 millionga yaqin chuvashlar hamda 1,43 millionga yaqin chechenlar yashamoqda.

    Boshqa yangiliklar