Ayni paytda kecha bo`lib o`tgan saylov natijalariga bag`ishlangan matbuot anjumani davom etyapti.
Xabar qilganimizdek, OAV vakillari, blogerlar va kuzatuvchilar bilan savolllarga javob berish boshlandi.
18 soat natijalar kutildi. Bu ko`p vaqt emasmi?
Mirzo Ulug`bek Abdusalomov, Markaziy saylov komissiyasi rahbari:
- Biz saylov jarayonlariga to`liq akt texnologiyalarini kiritsak, tez orada natijalar e`lon qilinishiga erishishimiz mumkin. Buning uchun vaqt va mablag` kerak. Hozir esa, saylov natijalarini, yig`ish, saralash, etkazib berish vaqtni olyapti.
Ovoz berish elektronlashadimi?
- Qo`shni Qirg`izistonda onlayn ovoz berish tashkil etilgan. Bu tajribani o`rgandik. Hukumat mablag` ajratsa, ijobiy hal qilamiz kelajakda.
Savol-javoblar davom etmoqda, deya xabar bermoqda Sardorbek Rahmonqulov.






