Gollivudning eng ko`zga ko`ringan aktyorlaridan biri bo`lmish Robin Uilyams 2014 yilda o`z joniga qasd qilganidan xabaringiz bor.
O`limidan so`ng, uning vasiyatiga asosan aktyorning barcha mablag`lari va uyiga uning uchinchi rafiqasi Syuzan Shnayder va barcha farzandlari ega bo`lishlari lozimligi yozilgan.
Shunday bo`lsa-da, Uilyamsning farzandlari merosdagi ba`zi jihatlar sabab sudga murojaat qilishdi. New York Times gazetasining yozishicha, gap nafaqat aktyorning uyi, aktyo1rlik faoliyati davomida to`plagan mablag`i haqida ketmoqda, ayni meros bo`lishuvida uning shaxsiy haykaltaroshlik to`plamlari, velosipedlar va uning nomi bilan bog`liq bo`lgan barcha narsalar haqida bormoqda.
Sudga 2015 yilga qadar ariza berilgandi. Shnayder o`ziga tegishi lozim bo`lgan barcha narsalarni aniqlashtirib bo`ldi. Sudga berilgan arizada, aktyorning rafiqasi tomonidan ularning uylariga kimningdir o`g`rincha kirgani va turmush o`rtog`iga tegishli bo`lgan narsalarning yo`qolganligi ham aytib o`tilgan.
Robert Uilyamsning avvalgi nikohlaridan 3 nafar farzandi bor. Ular 31 yoshli Zak, 25 yoshli Zelda va 23 yoshli Kodilardir. Ular ham o`z navbatida sudga o`zlari haqida yomon fikrlarni tarqatayotgan va ko`proq pul, meros undirish payida bo`lgan Syuzan Shnayderning harakatlari ularni ranjitayotgani haqida bildirishgan. Ayni damda sud ishi davom etmoqda.





