AsosiyDunyo

Muru: er ostidagi restoran

Ma`lumki, aksariyat restoranlar ochiq joyda joylashadi. Ammo Finlyandiyaning janubidagi Loxya shahrida joylashgan restoran barcha qoidalarga zid ravishda qurilgan.

U noodatiylikni xush ko`ruvchilarga ma`qul kelsa kerak. Finlyandiya poytaxtidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Muru restorani 80 metr er ostidagi Tytyri shaxtasida joylashtirilgan. Loyiha mualliflari bu erni mutlaqo bexavotir va qulay deb hisoblashmoqda. Bu antiqa restoran Ginnes rekordlari kitobi vakillarining e`tiborini tortdi va u eng chuqurlikda joylashgan restoran sifatida ro`yxatga olindi.

Er ostida mehmondorchilik tashrif buyuruvchilardan yaxshigina mablag` talab etadi. Bu erdagi narxlar 150 dollardan boshlanadi. Er ostida bo`lishiga qaramay restoran oshpazlari xo`randalarga eng mazali taomlarni tortiq etishga tayyor.

    Boshqa yangiliklar