Ayni paytda bir necha soatlar oldin yakunlangan saylov jarayonlarining ovozlar sarhisobi boshlandi. Unda jurnalist va blogerlar nazorati ham ta`minlandi. Bu haqda bloger Xushnud Xudoyberdiev ma`lum qilmoqda:
"Saylov yakunlari hamda ovozlar natijalarini hisoblash jarayonlarining haqqoniyligini bevosita kuzatish hamda ishonch hosil qilish uchun bir guruh jurnalist va blogerlar, xalqaro kuzatuvchilar taklif etildi. Saylov uchastkasiga boryapmiz", — deya xabar qoldirdi bloger.
Eslatib o`tamiz, saylov natijalari 23 dekabr kuni 14:00da e`lon qilinadi.






