Saylov kodeksining 44-moddasiga ko`ra, saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqot olib borish taqiqlangan.
Avval xabar berganimizdek, Quva tuman prokuraturasi tomonidan B.Mavlonovning ishonchli vakili X.Abdullaevga nisbatan MJtKning 51-5-moddasi bilan ma`muriy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atilib, to`plangan hujjatlar mazmunan ko`rib chiqish uchun Quva tuman ma`muriy sudiga yuborilgan.
Bugun Quva tumanida saylov qonunchiligi buzilganligi haqida ma`lumot berildi. Ma`lum bo`lishicha, huquqbuzar buning uchun ma`muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda tuman ma`muriy sudi raisi Azizbek Jumaev xabar bermoqda.
Fuqaro X.Abdullaev tuman kengashi deputatligiga nomzodning ishonchli vakili bo`lib, bugun soat 8:30 larda okrug hududidagi saylov uchastkalarida avtomashinaning oldi va yon tomonlariga tashviqotga chorlovchi so`zlarni yozib olib, harakatlangan. Ovozi bilan “Adolat” partiyasidan ko`rsatilgan nomzodni tashviqotini olib borgan.
Mazkur huquqbuzarlik bo`yicha to`plangan materiallar Quva tuman ma`muriy sudi tomonidan mazmunan ko`rib chiqildi. Huquqbuzar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 51/5-moddasi aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblashning 7 baravari hisobida 1 million 561 ming so`m jarima jazosi tayinlandi.






