Toshkent shahri bo`yicha 9 ta saylov uchastkasida onlayn videotraslyasiya kameralari o`rnatilgan, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ushbu saylov uchastkalaridagi jarayonni Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb sayti elections.uzda kuzatib borish imkoniyati mavjud. Shuningdek, 7 ta saylov uchastkasida shaxsni identifikasiya qilish qurilmalari o`rnatilgan.
Soat 15:00da Toshkent shahridagi saylovchilarning 44,4 foizi, ya`ni aholimizning 623 030 nafari o`zlari tanlagan nomzodga ovoz berdilar.






