AsosiyJamiyat

Bekobodda oilaviy ovozlar berilayotgan ekan, tezkor o`rganildi

'Bekobodda oilaviy ovozlar berilayotgan ekan, tezkor o`rganildi'ning rasmi

Bugun, 22 dekabr kuni O`zbekistonda Oliy Majlis qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari uchun deputatlar saylovi bo`lib o`tmoqda. Saylov jarayonlari soat 08:00 da start oldi.  Saylovchilar ba`zan yakka, ba`zan oilaviy bo`lib, saylov uchastkalariga kirib kelishmoqda. Erkin tanlov asosida o`zlari tanlagan nomzodga ovoz berishmoqda. Ushbu siyosiy jarayonning qonun doirasida o`tishi, saylovchilar va boshqa mehmonlarning xavfsizligini ta`minlash, jamoatchilik tartibini muhofaza qilish uchun ko`plab IIB xodimlari, nazoratchilar jalb etilgan.

MSKning Qotibiyat rahbari Xudoyor Mamatovning ayni paytdagi anjumanda ma`lum qilishicha, Bekobod tumanidagi 260-saylov uchastkalarida oilaviy ovoz berishga harakatlar bo`layotganligi haqida murojaat bo`ldi. Biroq, bu harakatlar USK a`zolari tomonidan o`z vaqtida bartaraf etilgan.

    Boshqa yangiliklar