AsosiyJamiyat

Misrlik ekspert: O`zbekiston o`zining muqaddas qadamjolari tufayli misrliklar uchun Markaziy Osiyodagi eng ko`p tashrif buyuriladigan markazga aylanishi mumkin

'Misrlik ekspert: O`zbekiston o`zining muqaddas qadamjolari tufayli misrliklar uchun Markaziy Osiyodagi eng ko`p tashrif buyuriladigan markazga aylanishi mumkin'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 20 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “O`zbekiston Respublikasining bugungi kun ichki va tashqi siyosatidagi ustuvor yo`nalishlar” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Misrning “Xivar” siyosiy va axborot tadqiqotlar markazi direktori A.Taxir ham ishtirok etdi. 

Uning fikricha bugun O`zbekiston Prezidenti boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar yaqin kelajakda siyosiy va iqtisodiy sohalarda kutilgan ijobiy natijani berishi shubhasiz. Misr vakilining ta`kidlashicha bugun arab dunyosida O`zbekistonga nisbatan qiziqish tobora ortib ortmoqda. Ekspert mamlakatimiz turizm salohiyatiga alohida to`xtalib, O`zbekiston o`zining muqaddas qadamjolari tufayli misrliklar uchun Markaziy Osiyodagi eng ko`p tashrif buyuriladigan markazga aylanishi mumkinligini aytdi.

    Boshqa yangiliklar