2019 yil 21 dekabr kuni A-373 "Toshkent-O`sh" avtomobil yo`lida qor ko`chkisi xavfi mavjud bo`lganligi bois avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to`xtatildi.
Shu bois “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonida Farg`ona vodiysiga va Toshkent shahriga qarab avtotransportda yo`lga chiqqan yo`lovchilarni Pop stansiyasiga etkazib qo`yish hamda Toshkent shahriga olib kelish uchun vaqtinchalik qo`shimcha poezd qatnovi yo`lga qo`yildi.






