“Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo`jaevning yangi “Xayol” qo`shig`iga ishlangan klip tayyor bo`ldi. Yosh xonanda Xushnud bilan duet ko`rinishida yaratilgan qo`shiqqa ishlangan klip falsafiy ma`noni ifodalaydi va aytish kerakki ijodkorlar repertuarida mutlaqo yangilik bo`la oladi.
Ayniqsa videoketma-ketlikda aktyor Sharof Sharapovning ijrosi muxlislar tomonidan qisqa fursatda keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. O`z ijodini boshlaganiga hali ko`p vaqt bo`lmagan bo`lsada Sharof Sharapov 10 ta klipda tasvirga tushishga muvaffaq bo`ldi. Ular orasida Sardor Rahimxon, Zulayxo Boyxonova, Yagona, G`ulomjon Yoqubov, Zarina Nizomiddinovalarning kliplari ham bor.
Qizig`i Otabekning duetdoshi Xushnud o`tgan safar ham qo`shig`iga Sharof Muqimovni aktyor sifatida taklif etgan edi. Nimaga yosh ijodkor faqat Sharof ismli aktyorlar bilan ishlayapti yoki bu shunchaki tasodifmi – bunisi bizga qorong`u!





