“Malayziyada ba`zi musulmon davlatlarining uchrashuvi islomiy hamjamiyat manfaatlariga zid keladi”, dedi chorshanba kuni Islom Hamkorlik Tashkiloti(IHT) rahbari. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
Hozirda Kuala-Lumpurda musulmon mamlakatlarining to`rt kunlik sammiti bo`lib o`tmoqda. Ammo unda Saudiya Arabistoni, BAA va Pokiston singari bir qator davlatlar qatnashmayapti.
Islom Hamkorlik Tashkiloti BMTdan keyin dunyodagi ikkinchi yirik hukumatlararo tashkilot hisoblanadi.
Malayziyadagi yig`ilish IHT homiyligidan tashqarida tashkil etilgani uchun tanqidlarga duch keldi. Tashkilotning Bosh kotibi Yusuf Al-Usayminning ta`kidlashicha, IXT dan tashqaridagi yig`ilishlar Islomiy birdamlikni buzadi.
«Islomiy Hamkorlik Tashkilotining har qanday zaiflashishi Islom va Musulmonlarning zaiflashuvidir» dedi u.






