2019 yil 06 avgust kuni Farg`ona tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaro A.G`ning Farg`ona tumani, Qurilish MFYda joylashgan yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xonadon orqa qismidagi 4x8 metr hajmli er maydonida bo`yi 1,5-2 metr atrofida bo`lgan 1 (bir) tup «NAShA» giyohvand o`simligiga o`xshash o`simlikni ostki qismiga agrotexnik ishlov berilgan holda parvarishlab o`stirib kelayotganligi aniqlanib, ushbu o`simliklar barglaridan ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olinib, qolgan qismi yoqish yo`li bilan yo`q qilinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
O`tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizaning
xulosasiga ko`ra, fuqaro AG`.ning yashash xonadonida etishtirib kelinayotgan o`tkir hidli, yashil rangli nasha giyohvandlik o`simligiga o`xshash bo`lgan o`simlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda, tetrogidrokannabinol mavjud bo`lib, bu KANNABIS (nasha)o`simligi barglari ekanligi ko`rsatilgan.
Fuqaro A.G`ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismiga jinoiy ish qo`zg`atilib, jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona tumani sudiga yuborilgan.






