AsosiyJinoyat

Uydirmachini jazolagan fuqaro javobgarlikka tortildi

'Uydirmachini jazolagan fuqaro javobgarlikka tortildi'ning rasmi

2019 yil 05 oktyabr kuni Sh.T mahalladoshi N.U bilan ko`rishib, turmush o`rtog`i F.U qo`shnisi I.D bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurganligi haqida gap-so`z tarqaganligini aytadi. 2019 yil 15 oktyabr kuni N.U  I.Dni oldiga borib, turmush o`rtog`i F.U bilan o`rtasida qanday munosabat borligi haqida so`raganda, I.D F.U bilan hech qanday aloqasi yo`qligini ma`lum qilgan. 

Shunda N.U I.D bilan Sh.Tni yashash xonadoniga kelib, turmush o`rtog`i haqida aytgan gaplari haqida I.Dni oldida gapirishini talab qilgan. Sh.T aytgan gaplarini tan olmagan. Shunda I.Dning akasi Z.D kelib, barcha bo`lib o`tgan gap-so`zlarni eshitgach, Sh.Tga nima sababdan ukasi I.D va F.Ularni sharmanda qiluvchi uydirmalar tarqatganligini so`rab, o`zaro janjallashib ketgan. Janjal davomida Z.D Sh.Tni urib, tan jarohati etkazgan.      

Mazkur holat bo`yicha Z.Dga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borildi. Hozirda jinoyat ishi mazmunan

    Boshqa yangiliklar