AsosiyJinoyat

Andijonlik mast ayol dugonasiga pichoq tiqib 6 yilga qamaldi

'Andijonlik mast ayol dugonasiga pichoq tiqib 6 yilga qamaldi'ning rasmi

Ulug`nor tumanida yashovchi Muqaddas I., o`zining uyida spirtli ichimlik ta`sirida mast holatda o`zaro kelib chiqqan janjal oqibatida J.K. uni haqorat qilib, bo`ynidan ushlab olgan vaqtida, qo`lidagi oshxona pichog`i bilan J.K.ga nisbatan qasddan tan jarohati etkazgan. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi 
Tergov departamenti xabar berdi. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, J.K.ning o`limiga o`tkir tig`li jism yordamida tanasiga etkazilgan og`ir tan jarohati sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ulug`nor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov jarayonida, 2019 yil 13 iyul kuni Muqaddas I.ga nisbatan ayblov e`lon qilingan va “uy qamog`i” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Shundan so`ng jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudlov muhokamasiga yuborilgan.

2019 yil 20 noyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Ulug`nor tuman sudi dastlabki tergov tomonidan to`plangan jinoyat ishi hujjatlarini o`rganib chiqib, Muqaddas I. ni aybdor deb topib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

 

    Boshqa yangiliklar