AsosiyShou-biznes

Yulduzlar: kim qanday sport turi bilan shug`ullanadi? (foto)

Yulduzlarning shaxsiy hayoti, bo`sh vaqtda nimalar bilan shug`ullanishi haqida ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatish orqali xabardor bo`lish mumkin. Biz bugun Instagram va Facebookka mo`ralab, ularning qanday sport turlari bilan shug`ullanishi haqida ma`lumot olishga harakat qildik, deb yozadi daryo.uz.

Lola sport bilan faol shug`ullanishini aniqladik: u o`z sahifalariga trenajyor zalida olingan ko`plab suratlarini joylagan.

Bundan tashqari, xonandaning yana bir surati uning yoga bilan ham shug`ullanib turishini oshkor etdi.

Foto: Instagram / lolaofficial_

Foto: Instagram / @lolaofficial_

Yoga borasida Sevara Nazarxonga teng keladigani bo`lmasa kerak. U o`z Instagram’iga joylagan suratiga tongni yoga bilan qarshi olishini qayd etgan.

Foto: Instagram / sevara_nazarkhan

Foto: Instagram / @sevara_nazarkhan

Boshqa bir rasmda esa uning murakkab mashqlarni bajarayotganini ham ko`rish mumkin.

Foto: Instagram / sevara_nazarkhan

Foto: Instagram / @sevara_nazarkhan

Trenajyor zaliga borishni sevuvchilar orasida Rayhon ham bor. Instagram’da uning tabassum-la mashq qilayotgani aks etgan suratni topib oldik.

Foto: Instagram / @rayhonganieva

Foto: Instagram / @rayhonganieva

DJ Piligrim — Ilhom Yo`lchiev esa o`z Facebook’iga boks bilan shug`ullanayotgani muhrlangan suratini joyladi.

Foto: Facebook / Ilkhon Yulchiev

Foto: Facebook / Ilkhom Yulchiev

Afsuski, erkak xonanda va aktyorlar bu borada passiv bo`lib chiqdi. Ular yo sport bilan kam shug`ullanadi, yo bu jarayonni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashga hafsalasizlik qiladi, deb o`yladik biz.

    Boshqa yangiliklar