Andijon viloyati Asaka shahrida mudhish qotillik ro`y berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib Uz24 nashri ma`lum qildi.
Kuni kecha, 16 dekabr tunda Asaka tuman, Kujgan mahallasida yashagan H.Abdurahmonov (1969 y.t., sudlanmagan, ishsiz) turmush o`rtog`i D.Abdurahmonova (1969 y.t., sudlanmagan, ishsiz) va qizi X.Habibullaevaning (2001 y.t. ishsiz) diomiy e`tirozlaridan charchab, ulardan o`ch olishga qasd qiladi. Shu maqsadda turmush o`rtog`i uxlab yotganligidan foydalanib, uning ko`krak (3 marotaba) va biqin qismiga (2 marotaba ) pichoq uradi. Natijada ayol voqea joyida vafot etadi. Shundan so`ng qizini go`yoki kiyimlarini topib berish bahosini bilan chaqirib, uning ko`krak (1 marotaba) va biqin qismiga (5 marotaba), shuningdek, tanasining orqasiga 9 marotaba pichoq uradi. Buning oqibatida qizning ham joni uziladi.
Holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan qasddan odam o`ldirish ayblovi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyatchi H.Abdurahmonov tegishli tartibda ushlangan.






