AsosiyJamiyat

Chilonzorning ayrim mavzelarida uy, bog`cha, maktab va korxonalarda issiqliq ta`minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi

'Chilonzorning ayrim mavzelarida uy, bog`cha, maktab va korxonalarda issiqliq ta`minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi'ning rasmi

Bugun  Chilonzor tumani 9-mavzesida yangi o`rnatilgan issiqlik tarmog`i quvurlarini  magistral quvurga ulash ishlari olib borilmoqda.

Shu bois  Chilonzor 8,9-mavzelarda joylashgan 63 ta ko`p qavatli uy , 6 ta MTT, 2 ta maktab va 4 ta korxona va tashkilot binolarida vaqtincha issiqliq  ta`minotida uzilish kuzatiladi. 

Hozirda mazkur ishlarni  tezkorlik bilan bajarish uchun zarur texnika va mutaxassislar jalb etilgan va belgilangan tadbirlar jadal olib borilmoqda. 

Bugun soat 18:00 ga qadar issiqlik ta`minoti to`liq tiklanadi.

Toshkent shahar hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar