AsosiyJamiyat

Yurtimizga noqonuniy olib kirilayotgan gerbolayf biofaol qo`shimchalari to`xtatilib qolindi

'Yurtimizga noqonuniy olib kirilayotgan gerbolayf biofaol qo`shimchalari to`xtatilib qolindi'ning rasmi

Inson salomatligiga salbiy ta`sir etuvchi hamda sifati kafolatlanmagan turli mahsulotlarni yurtimizga noqonuniy yo`llar orqali kirib kelishiga bojxona organlari tomonidan keskin choralar ko`rilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida, fuqaro R.I. boshqaruvidagi avtotransport vositasi to`xtatilib belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. 

Natijada, avtomashina yukxonasida umumiy qiymati 33,6 million so`mlik 171 dona biofaol moddalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar