Bugun Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Tahsin” mukofotining taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Mazkur marosimda turli soha vakillari qatori o`zbek sportchilari ham e`tirof etildi.
O`zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov hamda og`ir atletika bo`yicha jahon chempioni Kumush Fayzullaeva sport sohasida mamlakat nufuzini ko`tarishda qo`shayotgan hissasi uchun “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi.
Sportchilarimizga ushbu sovrinni taniqli sport sharhlovchi Mirzahakim To`xtamirzaev hamda engil atletika bo`yicha Olimpiada chempioni Oksana Chusovitinalar topshirishdi.
Mukofot sovrindorlariga 10 million so`m miqdorida bir martalik pul mukofoti, diplom va maxsus statuetkalar topshirildi.






