Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 8:31 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga, «G`allaorol-Qo`ytosh 4R» yo`lining 42-kilometrida qorning ko`p yog`ishi oqibatida avtobus va engil avtomobillar yo`lda qolib ketganligi to`g`risidagi xabar kelib tushdi.
Mazkur murojaat yuzasidan, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga chiqib ketadi.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida «ISUZU» rusumli avtobus, «Cobalt» va «Volga» rusumli engil avtomobillar salonidagi 18 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi. Bu orqali, qutqaruvchilar sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yana bir ko`ngilsiz holatni oldini oldilar.






