15 dekabr kuni taxminan soat 22:30 larda 25 yoshli G`.A. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasini A-380 “G`uzor-Qarshi” avtomobil yo`li bo`ylab Qarshi shahri tomonga qarab boshqarib kelayotgan vaqtida, yo`lning G`uzor tumani “Mash`al” qishlog`i hududidan o`tuvchi 17-kilometrida boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`ldan chiqib ketib, yo`lning o`ng tomon chetidagi temir yo`lni himoya qiluvchi panjaraga borib urilib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada, avtomashina haydovchisi G`.A. hamda yo`lovchilari 31 yoshli Sh.B. va 32 yoshli R.X.lar olgan tan jarohatlari oqibatida xodisa sodir bo`lgan joyda vafot etishgan.
Mazkur xolat yuzasidan G`uzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a”bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo`zg`atilgan. Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






