Yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida «O`zbekiston temir yo`llari» AJ tomonidan xalqaro yo`nalishlarda ikkita yangi yo`nalish tashkil qilindi.
Joriy yilning 13 dekabridan boshlab №350/349-sonli poezd Termiz – Moskva – Termiz yo`nalishi bo`yicha qatnay boshladi. Shuningdek, tarmoq temiryo`l jadvalidagi yangi yo`nalishlardan, 2020 yil fevral oyidan boshlab Andijon – Ufa – Andijon yo`nalishidagi (№371/372-sonli) poezd qatnovi boshlanadi.
Eslatib o`tamiz, davlatlararo poezdlarning yo`lovchilari uchun maxsus chegirmalar mavjud. Xususan, oldindan sotib olish muddatiga ko`ra chipta tarifining 55% gacha chegirma mavjud, deya xabar beradi «O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJ.






