AsosiyJamiyat

2016 yilda Toshkentdan Buxorogacha ikkita zamonaviy elektropoezd qatnovi yo`lga qo`yiladi

2015 yilda “O`zbekiston temir yo`llari” DATK tomonidan yuk va yo`lovchi tashish, eksport xizmatlarini hajmini oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish ko`zda tutilgan. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

2015-2016 yillarga mo`ljallangan Samarqand-Buxoro temir yo`l liniyasida elektrlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 400 million AQSh dollarini tashkil etadi. Mazkur loyiha bajarilishi jarayonida 700 dan ziyod, xizmat ko`rsatishni boshlashi bilan esa 200 dan ziyod yangi ish o`rinlari yaratiladi.

Shuningdek, Toshkentdan Buxorogacha yana ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy elektropoezd qo`yiladi. Bu haqda joriy yilning 29 yanvar kuni “O`zbekiston temir yo`llari” DATK majlislar zalida bo`lib o`tgan kompaniya ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining 2014 yil yakunlari va 2015 yildagi rejalariga bag`ishlangan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar