“Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O`zbekiston-Yaponiya yoshlar innovasiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O`zbekiston-Yaponiya yoshlar innovasiya markazi faoliyatini muvofiqlashtirish Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qaror bilan markaz zimmasiga innovasiya va texnologiya transferi markazlari, texnoparklar, yuqori texnologiyali laboratoriyalar, innovasiya laboratoriyalar, startap va biznes akseleratorlar hamda Yoshlar akademiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilish va boshqa bir qator qo`shimcha vazifalar yuklatildi.
Qaror bilan Markaz tuzilmasi hamda Markaz Vasiylik kengashining tarkibi tasdiqlandi.
✅ Bundan tashqari, Markaz xodimlariga:
👉 Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasining imtiyozli resurslaridan olingan kredit hisobidan tashkil etiladigan 7 ta oliy ta`lim muassasalariaro ilmiy laboratoriyalaridan;
👉 Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan;
👉 Bioorganik kimyo instituti huzuridagi Jamoaviy foydalanish markazining laboratoriya qurilmalaridan tekin foydalanish imkoniyati berildi.






