AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz" yana 5 mingta xonadonni gaz bilan ta`minlaydigan quduqni ishga tushirdi

'"O`zbekneftgaz" yana 5 mingta xonadonni gaz bilan ta`minlaydigan quduqni ishga tushirdi'ning rasmi

Joriy yilning 14 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “2017 – 2021 yillarda uglevodorod xom ashyosini qazib olishni oshirish dasturini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida Andijon viloyati, Buloqboshi tumani “Chaqar” nomli maydondagi 2-sonli qidiruv qudug`i burg`ulanib, undan sanoat miqyosida gaz olishga erishildi.

Hozirda ”Andijonneft” AJ tomonidan “Chaqar” maydonidagi ushbu yangi burg`ulangan 2-sonli gaz qudug`ini ishga tushirish uchun quvurlar o`rnatilmoqda. Quvurlashtirish ishlari yakunlangach, Buloqboshi tumanidagi yana qo`shimcha 5 mingta xonadon tabiiy gaz bilan ta`minlanishi ko`zda tutilgan.

Quduqdan gaz qazib olish hajmi kunlik 200 ming metr kubni tashkil etadi.

Qaror doirasida hozirgi kunda "Uchtepa neft va gaz koni"dagi 13-sonli quduqda ham burg`ulash ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Uchtepa qishlog`ida joylashgan “Uchtepa neft va gaz koni”ning 12-sonli gaz qudug`idan sanoat miqyosida gaz olingani natijasida tumanning 5 mingta xonadoni tabiiy gaz bilan ta`minlangani haqida xabar bergan edik.

 

 

    Boshqa yangiliklar