Evropa Ittifoqi Turkiyadagi Suriyalik qochqinlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan 6 milliard evrodan ko`proq mablag`ni berishi va bu pulni etkazishni tezlashtirishi kerak, dedi shanba kuni Turkiya Tashqi Ishlar Vazirligi vakili.
«Mablag`lar oqimini tezlashtirish va moliyalashtirish miqdorini oshirish kerak. Inqiroz mavjud ekan, biz birgalikda ishlashimiz kerak. 6 milliard evro muammoni hal qilmaydi” –dedi Turkiya tashqi ishlar vazirining o`rinbosari Faruk Kaymakchi. Uning aytishicha, qochqinlarni qabul qilish Turkiyaga jami 40 milliard dollarga tushadi.
Hozirda Turkiya hududida 3.5 million atrofida Suriyalik qochoq mavjud. Turkiya bu qochoqlarning Evropaga kirishini to`xtatishni o`z zimmasiga olgan. Buning evaziga Evropa Ittifoqi ular uchun mablag` ajratishi kerak.






