AsosiyJamiyat

Energetika vazirligi tarkibida tayinlovlar amalga oshirildi

'Energetika vazirligi tarkibida tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

Energetika vazirligi tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar beradi vazirlik Matbuot xizmati.

Abduraxmanov Azamat Akmalovich O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Moliyaviy oqimlar va narx siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

Azamat Abduraxmanov bunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini sotishni hisobga olish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Nimatullaev Ilxom Anvarovich O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Metodologiya va lisenziyalash boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

Ilxom Nimatullaev bunga qadar Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Nazirov Abdumalik Abdusalimovich O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

 

    Boshqa yangiliklar