Xalq ichida o`zining tashabbuslari bilan yaxshi tanilgan deputat Rasul Kusherbaev yana bir yangi taklif bilan chiqdi. Biroq buning uchun mas`ullarda xohish bo`lishi lozim deya, hisoblaydi u.
“Buning uchun vaqtincha ishlashga kelgan fuqaro turgan eri bo`yicha maxsus ma`lumotlar bazasiga qisqa raqamli masalan, 1 raqamini sms qilib yuboradi va shu orqali o`zining turgan joyi bo`yicha lokasiyani ma`lum qiladi. Agar boshqa manzilga borsa, o`sha manzildan yana sms yuboradi vassalom. IIB ma`lumotlar bazasi orqali kim kerak bo`lsa, geolokasiyasi orqali borib fuqaroni topib olaveradi, propiskayam, ro`yxatam, shartnomayam, to`lovam kerakmas. Faqat mas`ullarda hoxish bo`lsa bas...” — deya innovasion taklif bildirmoqda deputat.






