AsosiyJamiyat

Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng baland attraksion i quriladi

'Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng baland attraksion i quriladi'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatning tashkiliy choralar qismiga ko`ra, yoshlar o`rtasida o`tkaziladigan musiqa va raqs festivallari reja-jadvali ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksioni barpo etiladi. Bu vazifani amalga oshirish Toshkent shahar hokimligi (J.Ortiqxo`jaev), Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi (A.Aqqulov) zimmasiga yuklatiladi.

Shuningdek, Toshkentda butunjahonga mashhur bo`lgan “Intervilles” (Fransiya) kabi ekstremal shouning analogi ham tashkil etiladi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun mas`ullar – Toshkent shahar hokimligi (J.Ortiqxo`jaev), MTRK (A.Xodjaev).

Bundan tashqari, mutasaddilarga turizm mavsumi past davrda Guliston shahrida “Cybersport” (elektron o`yinlar sporti) yo`nalishida turli xalqaro musobaqalarni tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tadbirlar jadvalini ishlab chiqish hamda amalga oshirish vazifasi yuklatiladi.

    Boshqa yangiliklar