Payshanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Shvesiyalik iqlim himoyachisi 16 yoshli Greta Tyunbergni masxara qildi. Greta 11-dekabrda “Times” jurnali so`rovnomasiga ko`ra “Yil odami” deb topilgandi. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
“Juda bema`ni. Greta o`zining g`azabini boshqarish bo`yicha ishlashi kerak, keyin do`sti bilan eski modadagi yaxshi filmga borsin! Tinchlan Greta, tinchlan! ” deb yozdi 73 yoshli Tramp Tvitterda.
Tyunberg bunga Tvitterdagi tarjimai holini yangilash bilan javob berdi: «O`spirin o`zining g`azablanish muammosi ustida ishlayapti. Hozir do`stim bilan eski filmni ko`ryapman va tinchlanyapman” deb yozdi u.
Tramp jahon e`tiboriga tushgan yosh qizaloqni birinchi marta tanqid qilayotagni yo`q. AQSh prezidenti Gretaning Sentabr oyidagi BMTda qilgan chiqishiga ham masxaraomuz munosabat bildirgan va o`z navbatida Greta ham bunga javob qaytargandi.






