AsosiyJamiyat

Endi joylardagi qurilishga oid qarorlar dastlab aholi muhokamasiga qo`yiladi

'Endi joylardagi qurilishga oid qarorlar dastlab aholi muhokamasiga qo`yiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta`minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorni qabul qildi.

Unga ko`ra, Konstitusiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari qonunlarga to`liq muvofiq bo`lishini ta`minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida 2020 yil 1 martdan boshlab:

*aholi maskanlarining me`moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab o`sha hududdagi aholi o`rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o`tkaziladi;

*jismoniy va yuridik shaxslarga er ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e`lon qilib boriladi. 

    Boshqa yangiliklar