AsosiyJinoyat

45.000 AQSh dollarni "evorgan" "do`st"

'45.000 AQSh dollarni "evorgan" "do`st"'ning rasmi

2018 yil 30-sentyabr kuni taxminan soat 20.00 da mebel ishlab chiqaruvchi MChJlarlan birining rahbari 28 yoshli Elshod X. 30 yoshli Azizbek I. bilan uchrashib, unga Mirzo-Ulug`bek tumanida o`quv markazi ochayotganini va loyihasiga pul qo`shishni taklif qilgan.

Bu haqida Jinoiy ish bo`yicha olib borilgan tergov ishlari davomida Bektemir tumani IIO FMB xodimlari aniqlashicha, Azizbek Elshodga ishonib, unga jami 45.000 AQSh dollari bergan. Ammo Elshod X. o`z va`dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, hatto yaxshi tanish bo`lgan odamlar ham ishonchingizdan foydalanib qolishlari mumkin. Og`zaki kelishuvlarni shartnoma orqali rasmiylashtiring.

 

    Boshqa yangiliklar