Ayni paytda Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasi zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag`ishlangan “O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari: yutuqlar va ustuvor vazifalar” mavzusida xalqaro media-forum o`tkazilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi - Bosh prokuratura tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O`zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida “O`zkimyosanoat” va “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» (compliance control) tizimini joriy etish bo`yicha ishlar boshlandi.
Ushbu loyiha etakchi halqaro tashkilotlardan biri hisoblangan halqaro auditorlik kompaniyasi KPMG (Italiya) ekspertlari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Shunga ko`ra, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining keyingi ob`ektlari Toshkent shahar hokimiyati, Chilonzor tuman hokimiyati, Toshkent viloyati hokimiyati va Yangiyo`l tuman hokimiyati hisoblanadi, deya xabar qilmoqda tadbirda ishtirok etayotgan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Forum davom etmoqda, yangiliklar haqida yana xabar beramiz.






