Yangi yil arafasida “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan mahalliy Farg`ona va Buxoro yo`nalishlar bo`yicha qo`shimcha qatnovlar joriy etiladi.
Qatnovlar jadvali quyidagicha 2019 yil 31 dekabr kuni – Toshkent-Farg`ona-Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY085/086 qatnovi AirbusA320 samolyotida amalga oshiriladi.
Toshkentdan uchish vaqti soat 09:00 da, Farg`onaga qo`nish09:50 da.Farg`onadan uchish soat 10:30 da. Toshkentga qo`nish — 11:20.
2019 yil 31 dekabr kuni – Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY023/024 qatnovi AirbusA320 samolyotida amalga oshiriladi.
Toshkentdan uchish: 09:30. Buxoroga qo`nish: 10:40.
Buxorodan uchish: 11:20. Toshkenga qo`nish: 13:20.






