AsosiyDunyo

Eng yosh davlat rahbari Evropa Ittifoqi sammitida debyut qildi

'Eng yosh davlat rahbari Evropa Ittifoqi sammitida debyut qildi'ning rasmi

34 yoshida Finlyandiyaning yangi Bosh Vaziri bo`lgan Sanna Marin dunyodagi eng yosh davlat rahbariga aylandi. Uni bu lavozimga kirishgani bilan butun dunyodagi ayol bo`lgan siyosiy rahbarlar,  shu jumladan Evropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Leyen va Xillari Klinton tabrikladilar.

Marinning koalisiyasidagi beshta partiya rahbarlari ham ayollar bo`lib, ularning to`rttasi 35 yoshdan kichikdir. Bu esa OAVda katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi.

12-dekabr payshanba kuni Evroittifoq sammitida debyut qilgan Marin iqlim o`zgarishlariga jiddiy e`tibor qaratishni va`da qildi. “Men ommaviy axborot vositalarida hukumatning o`zgarishi yoki mening bosh vazirligim haqidagi xabarlarga ko`p e`tibor berganim yo`q.  Men juda ko`p ish qilishimiz kerakligiga e`tiborimni qaratdim. Yangi avlod bizni harakat qilishimizni kutmoqda va biz odamlar bizdan kutayotgan umidlarini ro`yobga chiqarishimiz kerak. Men iqlim muammosidan xavotirdaman.  Biz bu borada tezroq ishga kirishishimiz kerak»,  dedi Marin Evropa Ittifoqining Bryusseldagi sammitida.

    Boshqa yangiliklar