AsosiyJamiyat

Yangi yildan yo`llarda foto va videokameralar Qo`mita bilan kelishilgan holda o`rnatiladi

'Yangi yildan yo`llarda foto va videokameralar Qo`mita bilan kelishilgan holda o`rnatiladi'ning rasmi

“Yo`l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan:

* og`ir va yirik gabaritli avtomobillarning vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish, ularning avtomobil yo`llari bo`ylab harakatlanishi uchun yig`im undirish va harakatlanishiga ruxsatnoma berish Avtomobil yo`llari qo`mitasi (Qo`mita) tomonidan amalga oshiriladi;

* yo`l harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto va videoqayd etish texnik vositalari Qo`mita bilan kelishilgan holda o`rnatiladi;

* avtomobil yo`llarining qatnov qismlariga uzunasiga joylashgan muhandislik kommunikasiyalarining yangi tarmoqlarini loyihalashtirish va yotqizish taqiqlanadi, ularning avtomobil yo`llari bilan ko`ndalang kesishishi bundan mustasno.

Qarorga ko`ra, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarining ajratilgan er uchastka va inshootlarida tashqi reklama ob`ektlari (konstruksiyalari) Qo`mita ruxsati asosida quriladi.

Shuningdek, yo`l bo`yida ajratilgan er uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, savdo, servis ob`ektlari, tadbirkorlik faoliyati uchun boshqa ob`ektlar Qo`mita bilan kelishgan holda joylashtiriladi va quriladi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 31 dekabrga qadar xorijiy yuk avtomobillarining  respublika avtomobil yo`llari bo`ylab o`tishi kilometrini yoki vaqtini hisob-kitob qilish va buning uchun haq undirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilinadi

    Boshqa yangiliklar