AsosiyJamiyat

Sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to`xtatib qolindi

'Sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to`xtatib qolindi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda o`tkazgan navbatdagi tezkor tadbir davomida shu kabi qing`irliklar fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Jumladan, fuqaro Q.U. boshqaruvida bo`lgan “Neksiya” rusumli avtomashina to`xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.

Natijada, avtomashinada umumiy qiymati 23 million so`mlik sifati kafolatlanmagan oziq ovqat mahsulotlari borligi aniqlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro U.R. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina ham to`xtatildi va belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.

Tekshiruv jarayonida ushbu avtomashinada ham tegishli hujjatlari bo`lmagan 23 million so`mlik tovar moddiy boyliklar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar