"Qo`qon-MTU« unitar korxonasiga qarashli Paytug` stansiyasning »Paytug` GTS" shaxobcha yo`lida 13 (6ta bo`sh va 7ta yuklangan) vagonlarning qochish xolati sodir bo`ldi, natijada uchta vagon boshi berk yo`liga chiqib ikkita bo`sh vagonning izidan chiqishiga sabab bo`ldi.
Mazkur xolatning dastlabki sababi, mustaxkamlangan vagonlarning bo`shashi va past tomonga, boshi berk yo`l tomon harakatlanib ketishi. Xolat yuzasidan ayni vaqtda tekshiruv ishlari davom etmoqda, deya xabar beradi Axborot-taxliliy media markazi.
IZOH: OAVda tarqatilayotgan ayrim ma`lumotlar, jumladan, mazkur voqea Andijon – Qo`qon yo`nalishining asosiy yo`lida sodir bo`lgani aslida noto`g`ri. Vagon qochishi shaxobcha yo`lida ro`y berib, asosiy ekspluatasion temir yo`llarining faoliyatiga ta`sir ko`rsatmadi. Shuningdek, voqea tuman sababli sodir bo`lganligi ham haqiqatdan yiroq. Ayrim OAVlarda hodisaga aloqasi bo`lmagan rasmlar ham tarqatilmoqda.






