AsosiyJamiyat

Poytaxtga kelib og`ir vaziyatga tushib qolgan ayollarga IIBB xodimlari yordam ko`rsatmoqda

'Poytaxtga kelib og`ir vaziyatga tushib qolgan ayollarga IIBB xodimlari yordam ko`rsatmoqda'ning rasmi

Samarqandlik 47 yoshli Gulbahor (ismlar o`zgartirilgan) kechki payt avtobus bekatida Chilonzor tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha profilaktika inspektorlarining nazariga tushib qoldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Sovqotib qolgan Gulbahorga ichki ishlar bo`limida avval issiq choy berib, so`ng shaxsini aniqlashdi va poytaxtga kimning oldiga kelgani va nima uchun ko`chadi tunashga majbur bo`lgani haqida so`rashdi. Gulbahorning gaplariga qaraganda, u Toshkentga uy-joy masalasini hal qilish uchun kelgan, bu erda qarindoshlari yo`qligi sababli jamoat transporti bekatida qolishga majbur bo`lgan. Xotin-qizlar masalalari bo`yicha profilaktika inspektorlari Gulbahorni Muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markaziga olib borib, u erda uni vaqtinchalik boshpana, oziq-ovqat va barcha zarur narsalar bilan ta`minlashdi. So`ng xodimlar Samarqand viloyati IIBdagi hamkasblari bilan bog`lanib, ularga Gulbahorning muammosini ma`lum qilishdi. Holatni atroflicha o`rganish va muammoni hal qilish maqsadida Samarqand viloyati IIBga zarur hujjatlar jo`natildi.

Xotin-qizlar masalalari bo`yicha profilaktika inspektorlari yordamga muhtoj bo`lgan yana bir ayolni Chilonzor tumanidagi bozor yonida tilanchilik qilayotganini ko`rib qolishadi. Samarqandlik 57 yoshli Mahbubaning aytishicha, turmush o`rtog`ining vafotidan so`ng, uning qarindoshlari ayolni farzandlari bilan ko`chaga haydab yuborishgan. Yaqinda esa o`g`li ham olamdan o`tgan ekan. Mastura X.ning holatini o`rganish maqsadida Samarqand viloyati IIBga tegishli hujjatlar yo`naltirildi, ayolning o`zini esa vaqtinchalik Toshkent shahar IIBB Muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markaziga joylashtirishdi.

Qirq yoshli Manzura va uning voyaga etmagan 10 yoshli qizi Nazokat poytaxtga Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidan kelishdi. Xotin-qizlar masalalari bo`yicha profilaktika inspektorlari uni ham Chilonzor tumani bozori yonida tilanchilik qilayotganini ko`rib qolishadi. Ayolni ko`chada farzandi bilan yurishiga va tilanchilik qilishigan nima sabab bo`lgani haqidagi savolga, Manzura oilasi qiyin ahvolda ekanini, turmush o`rtog`i nogironligi, ikki nafar farzandi bilan oilasini boqish kerakligini aytdi. Manzuraning sharoitini o`rganish maqsadida Chilonzor tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha profilaktika inspektorlari Toshkent viloyati IIBBdagi hamkasblariga tegishli hujjatlarni yo`naltirishdi.

    Boshqa yangiliklar