AsosiyJinoyat

Xavfli residivistga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi

'Xavfli residivistga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Qashqadaryo viloyati G`uzor tuman sudi tomonidan talonchilik jinoyati sodir etganligi uchun 31 yoshli xavfli residivist S.Sardorga nisbatan hukm e`lon qilindi.

G`uzor tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan aniqlanishicha, muqaddam sudlangan xavfli residivist S.Sardor, o`zganing mulkini jinoiy yo`l bilan qo`lga kiritish maqsadida er-xotin Z.M. va X.T.larga 10 dona tikuv mashinalarini tanishlari orqali 10.000.000 so`m evaziga sotib olib berishga kelishib, uning yashash xonadoniga polietilen paketga solingan 10.000.000 so`m pullar bilan kelgan Z.M.ni itarib yuborib, qo`lidagi pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida S.Safarov ushlangan. Mazkur holat yuzasidan G`uzor tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, S.Sardorga nisbatan shu modda bilan ayblov e`lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sud hukmiga ko`ra ayblanuvchi O`zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (xavfli residivist tomonidan o`zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan aybdor deb topilgan va unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sud hukmi qonuniy kuchga kirgan.

    Boshqa yangiliklar